Prezident hududiy sanoatni rivojlantirish boʻyicha hokimlarga savollar koʻpligini aytdi

15:36 13 Fevral 2026 Siyosat
368 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda hududiy sanoatni rivojlantirish boʻyicha viloyat, tuman hokimlariga ham savollar koʻpligi qayd etildi.

Qayd etilishicha, soʻnggi uch yilda jami investitsiyalar 1,8 barobarga koʻpaygan, lekin ayrim tumanlarda investitsiyaning sanoatga taʼsiri koʻrinmayapti.

Masalan, Karmanada investitsiya yiliga 50 foizdan oʻsib borgani bilan sanoati atigi 4 foiz oshgan. Xususan, faoliyat yuritayotgan 495 ta korxonadan 470 tasida rasmiy ishchilari 5 nafarga ham yetmaydi, faoliyat toʻxtagan deb hisobot topshirgan 20 ta korxona elektr va gazdan haligacha foydalanyapti.

Zafarobod tumanida ham shu ahvol. Investitsiya 4 barobar oʻsgan, lekin sanoatda oʻzgarish yoʻq.

Umuman, uch yilda respublika sanoati 21 foizga oʻsgan boʻlsa, Xatirchi, Karmana, Uchqoʻrgʻon, Bagʻdod, Oqqoʻrgʻon, Boʻka, Uzun, Jarqoʻrgʻon, Yakkabogʻ, Payariq, Mirzaobod va Zafarobodda bu koʻrsatkich 10 foizga ham yetmagan.

Ushbu tumanlar joylashgan viloyatlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlariga 12 ta tumanga borib, bir oy shu yerda qolib ishlash, ishlab chiqarish pasaygan korxonalarni “oyoqqa turgʻazish”, ushbu tumanlar sanoatida bu yil oʻsish surʼatini oshirish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер