Prezident hozirgi tahlikali zamonda yurtimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlashning kafolati bo‘lgan Qurolli Kuchlarimiz qudratini yanada oshirish ustuvor vazifamiz ekanini qayd etdi
Shu maqsadda milliy armiyamiz qudratini, askar va ofiserlarimizning jangovar shayligi, jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini kuchaytirishga e’tibor yanada oshiriladi.
Harbiy xizmatchilar va soha faxriylarini, ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, moddiy ta’minotini yanada yaxshilash, uy-joy bilan ta’minlash, farzandlarining zamonaviy bilim va kasb- hunarlarni egallashi uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘riladi.
"Biz chuqur o‘ylangan tashqi siyosat va iqtisodiy diplomatiya borasidagi harakatlarimizni izchil davom ettiramiz.
Avvalo, mintaqamiz mamlakatlari bilan yaqin do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kuchaytirish asosiy maqsadimiz bo‘ladi. Dunyoning uzoq-yaqin davlatlari bilan o‘zaro manfaatli va ko‘pqirrali aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor beramiz.
Yaqin qo‘shnimiz bo‘lgan Afg‘onistonda tinch va osoyishta hayotni tiklash uchun afg‘on xalqiga qo‘limizdan kelgan barcha yordamni ko‘rsatamiz. Ushbu mamlakat bilan birgalikda yirik transport-kommunikasiya loyihalarini amalga oshirishdan manfaatdormiz.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tuzilmalari, Parlamentlararo ittifoq, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro mintaqaviy tashkilotlar hamda moliyaviy institutlar bilan ko‘p tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘taramiz", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Дунёнинг энг кекса кишиси Ўзбекистонда яшашига ишонасизми? Нега у ҳалигача Гиннеснинг рекордлар китобига киритилмаган?
- Dunyo aholisi qachon 9 milliarddan oshadi?
- Prezidentning Maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisiga qoʻshimcha vakolatlar berildi
- Shavkat Mirziyoyev Jo Baydenga taʼziya bildirdi
- 2025-yil uchun ijara toʻlovlarining minimal stavkalari eʼlon qilindi
- 2024-yilda davlat byudjetiga qancha soliq tushumlari tushgan?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring