Prezident yer oʻta cheklangan sharoitda bor infratuzilmani vertikal oʻstirish orqali sanoat va savdoni rivojlantirish zarurligiga alohida eʼtibor qaratdi

13:35 03 Aprel 2024 Siyosat
432 0

Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Prezident yer oʻta cheklangan sharoitda bor infratuzilmani vertikal oʻstirish orqali sanoat va savdoni rivojlantirish zarurligiga alohida eʼtibor qaratdi.

Masalan, yirik bozorlarni qavat-qavat usulda kengaytirish, Yunusobod kichik sanoat zonasidagi binolarni 3-4 qavat qilib qayta qurish hisobiga qoʻshimcha maydonlarni hosil qilish imkoniyatlari koʻrsatib oʻtildi.

Vazirlar Mahkamasiga unumli foydalanilmayotgan davlat obyektlarini xatlovdan oʻtkazib, ularni oʻrnida sanoat va xizmatlarda yuqori daromadli ish oʻrni yaratadigan loyihalarni joylashtirish dasturini tasdiqlash topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер