Prezident davlat xarajatlarining 70 foizdan ortigʻi nimaga sarflanayotganini aytdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Hududlarda infratuzilmani yaxshilash, odamlarga yashash uchun qulay sharoit yaratish koʻp oʻlchovli kambagʻallikni qisqartirishda muhim qadam boʻladi.
Shu maqsadda qariyb 3,5 million aholi yashaydigan sharoiti ogʻir 1 mingta mahallada infratuzilma yaxshilanmoqda. Natijada shu yilning oʻzida 470 ming xonadon tomorqasiga suv bordi, yana 790 ming xonadonda elektr energiyasi taʼminoti yaxshilandi.
Kelgusi yilda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, ish oʻrinlarini koʻpaytirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga yana 400 million dollar ajratiladi. 32 ta tuman va 328 ta ogʻir mahalla tanlanib, ularni rivojlantirish boʻyicha alohida dastur qabul qilinadi.
Shuningdek, 810 ta mahallada suv, kanalizatsiya, yoʻl, maktab va bogʻcha qurish boʻyicha 1,3 milliard dollarlik loyihalar amalga oshiriladi. Uy-joyga muhtoj va daromadi past aholiga ipoteka tizimidan foydalanish uchun har yili 200 million dollar subsidiya ajratiladi.
Prezidentimiz xalqaro moliya institutlarini rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishda kambagʻallikni qisqartirish talabini kiritishga chaqirdi.
Prezidentimiz Oʻzbekistonda davlat xarajatlarining 70 foizdan ortigʻi aynan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun sarflanayotganini taʼkidladi. Shu bilan birga, global miqyosda ushbu maqsadlarga erishish uchun rivojlanayotgan davlatlarga yiliga 4 trillion dollardan ziyod mablagʻ zarur.
Bunday sharoitda xavf-xatarlarni obyektiv baholash, moliyaviy resurslarni jalb qilish, ularning samaradorligini oshirish boʻyicha “kambagʻallikka qarshi kurashning yangi moliyaviy arxitekturasi”ga ehtiyoj sezilmoqda.
Ushbu masalalarga yechim topish maqsadida Prezidentimiz 2026-yilda koʻhna Xiva shahrida xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar va hamkor davlatlar ishtirokida yuqori darajadagi konferensiya oʻtkazishni taklif qildi.
“Inson qadrini ulugʻlash orqali ularga munosib sharoit yaratish, bu borada kambagʻallikni qisqartirish – Yangi Oʻzbekistondagi barcha islohotlarning zamirini tashkil qiladi.
Bir narsaga aminman: Oʻzbekiston ortga qaytmas islohotlar yoʻlidan qatʼiy borib, kambagʻallikni qisqartirish borasida ham, Barqaror rivojlanish maqsadlariga toʻliq erishish boʻyicha ham barcha majburiyatlarini bajarishga harakat qiladi”, dedi soʻzining yakunida davlatimiz rahbari va anjuman ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring