Prezident dala chetlaridan samarali foydalanish muhimligini ko‘rsatib o‘tdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Joriy yildan boshlab 70 mingdan ziyod fermerlarning 60 ming gektar bo‘sh dala chetlarida uzum, qovoq, qovun, tarvuz va sabzavot ekib, qo‘shimcha 220 ming tonna mahsulot yetishtirish, 600 ming bosh parranda va 300 ming dona asalari oilasini boqish bo‘yicha katta dastur qabul qilingan.
Lekin ayrim viloyat, tuman hokimlari bunga e’tiborsiz qarayotgani qayd etildi.
Jumladan, sabzavot, poliz va boshqa ekinlar Navoiyda faqat 31 foiz, Farg‘onada 34 foiz, Toshkent viloyatida 70 foiz maydonlarga ekilgan, xolos.
Qoraqalpog‘istonda 16 ming gektar dala chetlari mavjud bo‘lsada, 5 ming gektar bilan cheklangan, Namanganda 17 ming gektar o‘rniga 3,5 ming, Qashqadaryoda 26 ming gektar o‘rniga 12 ming, Buxoroda 22,5 ming gektar o‘rniga atigi 5,5 ming gektar dala chetlari o‘zlashtirilgan.
Shu munosabat bilan qishloq xo‘jaligi kompleksi rahbarlari viloyat va tuman hokimlari bilan birga bo‘sh dala chetlaridan samarali foydalanish bo‘yicha mas’uliyatini kuchaytirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga har bir hududga mos urug‘ va ko‘chat navlarini tanlab, fermerlarga yetkazish tizimini yaratish; dehqonlarni dala chetlaridan samarali foydalanish, mineral o‘g‘it va kimyoviy preparatlarni ishlatish ko‘nikmalariga o‘qitish; har bir tumanga 4 nafargacha, jami 672 nafar mavsumiy agronomlarni biriktirib, oylik ish haqi bilan ta’minlash topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring