Prezident Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev va Lazizbek Mullajonovni tabrikladi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasiga navbatdagi 2 ta oltin medalni keltirgan va ularning soni boʻyicha rekord koʻrsatkichga erishilishiga hissa qoʻshgan sportchilarimiz - bokschilar Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev va Lazizbek Mullajonov bilan telefon orqali suhbatlashdi.
“Boks boʻyicha Oʻzbekiston dunyoda tengsiz ekanini yana bir karra isbotlaganingiz uchun minnatdorlik bildirib, tabriklamoqchiman. Xalqimizning chinakam qahramonlari boʻldingiz. Yangi Oʻzbekistonning yangi yoshlariga juda katta oʻrnak, namuna boʻlayapsizlar. Yurtimiz oʻgʻlonlari nimalarga qodir ekanliklarini butun dunyo hamjamiyati koʻrib turdi va men sizlardan gʻururlanaman” dedi davlatimiz rahbari.
Yigitlarimizning kechagi gʻalabalari xalqimizga juda katta mamnuniyat bagʻishlagani taʼkidlandi. Prezidentimiz yuqori natijalarga erishayotgan olimpiyachilarimizga, butun terma jamoamizga oʻzining qizgʻin salomini yetkazishni soʻradi.
Chempionlar ham Prezident va xalqimiz ishonchini oqlaganidan mamnunligini bildirib, shunday gʻalabalarga erishish imkonini bergan eʼtibor va keng sharoitlar uchun davlatimiz rahbariga tashakkur izhor qildilar. Bundan buyon ham Vatan bayrogʻini baland koʻtarishda davom etishga vaʼda berdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring