Prezident ayrim sport turlaridagi natijalarimiz yaxshi emasligini bildirdi

12:36 13 Fevral 2025 Siyosat
76 0

Prezidentimiz mavjud salohiyat toʻliq ishga solinmayotgan sport turlariga alohida toʻxtaldi.

Masalan, badmintonda birorta litsenziya qoʻlga kiritilmagan. Kamondan otish sport turi boʻyicha bor-yoʻgʻi 3 ta litsenziya olingan.

Olimpiya oʻyinlarida yengil atletika turlari boʻyicha 48 ta dastur bor. Lekin yengil atletika federatsiyasi soʻnggi olimpiadada 5 ta litsenziya qoʻlga kiritdi, xolos.

Yadro, disk, nayza uloqtirish, sakrash sport turlarida birorta litsenziya olinmadi. Yoki, 49 ta suv sporti dasturidan bor-yoʻgʻi 4 tasi boʻyicha litsenziya qoʻlga kiritilgan.

Oʻq otish sportini rivojlantirish uchun mudofaa tizimi va “Vatanparvar” tashkilotida barcha sharoit yaratilgan. Lekin birorta sportchimiz Olimpiadaga bormadi.

Yurtimizda yakkakurash sport turlari, milliy kurash rivojlangan boʻlsa-da, yunon-rum kurashi boʻyicha atigi 3 ta litsenziya olingan.

Oʻtgan yili baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionati ilk bor yurtimizda oʻtkazildi. Lekin unda yurtimiz birorta ham medal qoʻlga kiritmadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер