Premyera: filmda oʻzbek va yapon kinoaktyorlari
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatiga koʻra, bugun soat 18:00 da Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan Xalqaro media-xollda Kinematografiya agentligi hamda Yaponiyaning "Loaded films LTD“ kompaniyasi bilan hamkorlikda suratga olingan “Dunyoning bir chekkasi” («Na kray sveta») badiiy filmining premyerasi boʻlib oʻtadi.
Ssenariy muallifi va rejissyor Kiyosi Kurosava. Filmda oʻzbek va yapon kinoaktyorlari Adiz Rajabov, Mirza Azizov, Muyassar Berdiqulova, Anvar Kartayev, Zulfiya Rayimqulova, Asuko Maeda, Shota Sometani, Rio Kase, Tokio Emotolar rol ijro etgan.
Maʼlumot uchun, kinokartina “Locarno Film Festival” xalqaro 72-kinofestivalida ilk bor namoyish etilgan va kinofestivalning eng sara filmi sifatida eʼtirof etilgan.
Bugungi premyeraga kinoijodkorlar, mutaxassislar, OAV vakillari va yoshlar ham taklif etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring