Premer-liga rahbariyati “Chelsi” futbol klubini sotilishini maʼqulladi

Foto: Reuters
Angliya premyer-ligasi (APL) boshqaruvi Londonning “Chelsi” klubini sotilishini maʼqulladi. Bu haqda APL matbuot xizmati xabar berdi.
Klubning xaridori amerikalik tadbirkor Todd Boeli hisoblanadi. U «Los-Anjeles Dojers» beysbol klubining egalaridan biri hisoblanadi
Eslatib oʻtamiz, 10-mart kuni Buyuk Britaniya Roman Abramovichni sanksiyalar roʻyxatiga kiritgani, tadbirkorning mamlakatdagi aktivlari muzlatilganligi maʼlum qilingan edi.
Keyinroq APL rahbariyati tadbirkorni futbol klubi rahbari lavozimidan chetlatgan. Endi rahbarlikni “Chelsi” xayriya jamgʻarmasi vasiylari amalga oshirmoqda.
Premyer-ligada oʻtgan mavsum yakunida Tomas Tuxel shogirdlari uchinchi oʻrinni egallab, Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Oldinroq Buyuk Britaniya hukumati Londonning “Chelsi” klubi sotilishi yaqin kunlarda amalga oshishini maʼlum qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring