“Pravani sotib olgan” haydovchilar koʻpayishi mumkin edi, ammo…

11:23 12 Dekabr 2024 Jamiyat
219 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Ohangaron va Zarafshonda haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bogʻliq firibgarlik holatlarini fosh etdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, “Vatanparvar” tashkiloti Ohangaron shahar klubi oʻrgatuvchi ustasi F.X. fuqaro R.K.dan haydovchilik guvohnomasini olib berish uchun 900 AQSH dollarini olgan paytida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Shu kabi, Zarafshon shahrida ham haydovchilik guvohnomasi bilan bogʻliq firibgarlik holati fosh qilindi. Departamentning Zarafshon shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda fuqaro I.I. fuqaro Yu.P.ning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida “V.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berish uchun 700 AQSH dollari va 2,3 mln soʻm olgan paytida qoʻlga olindi.

Har ikki holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) asosida jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi. Hozirgi kunda ushbu holatlar boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik holatlariga qarshi samarali kurash olib borish, jamoatchilik ongini oshirish va ushbu sohadagi qonunbuzarliklarni kamaytirish maqsadida maxsus profilaktika chora-tadbirlari yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. Haydovchilik guvohnomasi bilan bogʻliq jarayonlarni yanada shaffoflashtirish va onlayn tizimlardan foydalanish korrupsiyaning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер