Portugaliyada 6,5 tonna kokain olib ketayotgan suvosti kemasi ushlandi

Foto: Portugal's judicial police
Portugaliya huquq-tartibot idoralari xodimlari Atlantika okeanida 6,5 tonna kokain giyohvandlik moddasi olib ketayotgan suv osti kemasini tutib oldi.
Janubiy Amerikadagi narkokartelga aloqadorligi taxmin qilinayotgan suv osti kemasi Azor orollaridan 500 dengiz mili (900 kilometrdan ortiq) janubda aniqlangan. Politsiya maʼlumotlariga koʻra, giyohvand moddalar Pireney yarim oroliga olib ketilayotgan boʻlgan. Kema bortida besh nafar ekipaj aʼzosi ham boʻlgan.
Yevropaga suv osti kemalari orqali giyohvandlik moddalari olib kelish bilan bogʻliq birinchi holat 2019-yilda aniqlangandi. Oʻshanda uch tonna kokain olib ketayotgan 20 metrli optik tolali suv osti kemasi Ispaniya qirgʻoqlari yaqinida ushlangandi. Uch kishilik ekipaji boʻlgan kema Braziliya junglilari orqali Amazon daryosi boʻylab “sayohat”ni boshlab 27 kun ochiq okeanda suzgan. Ekipaj aʼzolari hibsga olingan va koʻp oʻtmay tarqatish maqsadida giyohvand moddalarni olib oʻtishda aybdor deb topildi. 2023-yilda Ispaniya politsiyasi Galisiya qirgʻogʻida yana bir shunga oʻxshash kemani ushlagandi.
Avvalroq Kolumbiya harbiy-dengiz kuchlari bortida bir tonna kokain boʻlgan suv osti kemasini aniqlagandi. Bu kemaning ekipaji zaharli gazlar chiqishi oqibatida halok boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring