Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi
Bugun, 16-noyabr kuni Yevropa mintaqasida Jahon chempionati saralashining navbatdagi tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidagi bahsda Portugaliya terma jamoasi oʻz maydonida Armaniston termasiga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuv 9:1 hisobi bilan Portugaliya terma jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Gʻoliblar safida gollarga Brunu Fernandesh (3 ta), Joau Nevesh (3 ta), Gonsalu Ramush, Fransishku Konseysan va Renatu Veyga mualliflik qildi. Armaniston termasi tomonidan esa yagona javob golini Eduard Spersyan kiritdi.
Portugaliya terma jamoasining yetakchisi Krishtianu Ronaldu oʻtgan oʻyinda qizil kartochka olgani uchun ushbu uchrashuvda maydonga tushmadi.
Mazkur gʻalaba evaziga Portugaliya terma jamoasi 13 ochko jamgʻargan holda saralashning “F” guruhini birinchi oʻrin bilan yakunladi. Shu tariqa jamoa kelgusi yili Shimoliy Amerikada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot uchun, Portugaliya terma jamoasi shu vaqtga qadar 8-marta Jahon chempionatida ishtirok etgan. Jamoaning mundiallardagi eng yaxshi natijasi — uchinchi oʻrin hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring