Portugaliya terma jamoasi aʼzolari Ronaldudan norozi boʻlishmoqda
Foto: Reuters
Portugaliya terma jamoasi aʼzolari jamoa sardori va hujumchisi Krishtianu Ronalduga jahon chempionatiga menejerini oʻzi bilan olib kelishga ruxsat berilganidan norozi boʻlmoqda.
Manbaga koʻra, Ronalduning menejeri Rikardo Regufe 37 yoshli futbolchini doimiy kuzatib yuradi va faqat futbolchilar kirishi mumkin boʻlgan joylarga ham bemalol kirib chiqa oladi. Ronalduning sheriklari nima uchun uning menejeri Portugaliya terma jamoasi joylashgan joyda ekanligini tushunishmaydi.
Avvalroq, OAV Ronaldu bosh murabbiy Fernando Santushning Shveysariyaga qarshi oʻyinda zaxirada qoldirish qaroridan soʻng jahli chiqqani haqida xabar bergan edi. Bungacha guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida koreyslar bilan bahsda almashtirilganidan noroziligini bildirgan edi.
Aytilishicha, terma jamoa sardori murabbiyni Qatardagi turnirni tark etish bilan tahdid qilgan. Keyinroq Portugaliya futbol federatsiyasi bu maʼlumotni rasman rad etib, Ronaldu Qatardagi jahon chempionatida hech qachon ultimatum qoʻymaganini bildirdi.
Jahon chempionatining chorak finalida Portugaliya terma jamoasi Marokashga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 10-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:00ga boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring