Polshada ogʻir ahvolga tushib qolgan fuqarolar vatanga qaytarildi

15:56 31 Dekabr 2025 Jamiyat
281 0

Oʻzbekistonning Polshadagi elchixonasi tomonidan qiyin vaziyatga tushib qolgan fuqarolar vatanga qaytarildi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, elchixonaga ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi, jumladan, namanganlik hamyurtimiz salomatligidagi muammo sababli ogʻir ahvolga tushgani, ikkinchisi esa qashqadaryolik yurtdoshimiz moliyaviy qiyinchilik va hujjatlarini yoʻqotib qoʻygani sababli murojaat yoʻllagan.

Shundan soʻng elchixona vakillari ushbu fuqarolarni Oʻzbekistonga qaytarish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan.

Aniqlanishicha, betob boʻlib qolgan vatandoshimiz insult tashxisi bilan tibbiy muassasada boʻlgan. Shu bois, unga Polsha tibbiyot muassasasi tavsiyasiga muvofiq, parvozga ruxsat berilgunga qadar zarur tibbiy yordam koʻrsatilgan. Yana bir yurtdoshimizga esa vatanga qaytish hujjatlari toʻgʻrilangan.

Fuqarolarimizni vatanga qaytarishda Varshava­–Riga yoʻnalishida maxsus transportda, Riga­–Toshkent boʻyicha esa aviareys orqali amalga oshirilgan. Har ikki fuqaro uchun Latviyaga kirish ruxsatnomalari rasmiylashtirilib, tranzit harakati taʼminlangan. Rigagacha transport xizmatlari tashkil etilib, aviachiptalar xarid qilingan.

Aviachipta xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi hisobidan qoplangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер