Polsha muhojirlarga boshpana berishni vaqtincha toʻxtatmoqchi
Polsha hukumati muhojirlarga boshpana berishni vaqtincha toʻxtatmoqchi. Bu haqda bosh vazir Donald Tusk maʼlum qildi.
“Migratsiya siyosati doirasida boshpana berishda vaqtinchalik cheklov joriy etiladi. Men bu qarorning Yevropa Ittifoqi darajasida tan olinishiga erishish niyatidaman”, dedi Tusk.
Shuningdek, u Polsha oʻz chegaralarini kim kesib oʻtishini toʻliq nazorat qilishi kerakligini taʼkidladi. Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, polyaklar mamlakatda ishlashga, soliq toʻlashga va jamiyatga integratsiyaga tayyor boʻlganlarni koʻrishni afzal koʻradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring