Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon va uning rafiqasi hibsga olindi

Foto: РИА Новости
Pokiston sudi sobiq bosh vazir Imron Xon va uning rafiqasi Bushra Bibini “Toshaxona davlat gʻaznachiligidan sovgʻalar olishda vakolatlarini suiisteʼmol qilish” bilan bogʻliq yangi ayblovlar bilan 22-iyulga qadar qamoqqa oldi. Bu haqda “Geo” telekanali xabar berdi.
Pokistonning korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Milliy javobgarlik byurosi yangi ayblovni shanba kuni Islomobod sudi Xon va uning rafiqasi apellyatsiyasini qondirib, noqonuniy nikoh ishi boʻyicha hukmni bekor qilganidan bir kun oʻtmasdan qoʻzgʻatdi.
“Hisobdorlik sudi Milliy javobgarlik byurosiga ikki gumonlanuvchini “Adiala” qamoqxonasida soʻroq qilishni topshirdi, shuningdek, er-xotinga 22-iyul kuni sudga kelishini buyurdi”, — deyiladi telekanal xabarida.
Oʻz navbatida, sobiq bosh vazir va uning rafiqasining advokati bu hibsga olish noqonuniy ekanini aytib, ularning garov evaziga ozodlikka chiqarish haqidagi arizasi Oliy sudda koʻrib chiqilayotganini qoʻshimcha qildi.
2018 — 2022-yillar Pokiston hukumatini boshqargan Imron Xon 2022-yilning 10-aprelida oʻziga qarshi oʻtkazilgan ishonchsizlik votumi natijasida lavozimidan chetlashtirilgan edi.
2023-yil avgust oyida Xon Toshaxona davlat xazinasidagi qimmatbaho buyumlarni sotish bilan bogʻliq firibgarlik ishi boʻyicha hibsga olingan. Keyinchalik unga maxfiy telegramma tarqatish bilan bogʻliq davlatga xiyonat va boshqa bir qator ayblovlar qoʻyildi. Xonga qoʻyilgan ayblovlarni koʻrib chiqish chogʻida aksariyati olib tashlangan, biroq sobiq bosh vazir noqonuniy nikoh ishi boʻyicha hibsda qolayotgan edi.
Avvalroq BMTning oʻzboshimchalik bilan hibsga olish boʻyicha ishchi guruhi qamoqdagi Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xonni zudlik bilan ozod qilishni talab qilib, unga nisbatan qoʻzgʻatilgan kamida ikkita ish “siyosiy motivlar” ekanini va uni siyosiy hayotdan chetlashtirishga qaratilganini aytgandi.
Oʻz navbatida, Pokiston Adliya vaziri Aʼzam Nazir Tarar sobiq bosh vazir Imron Xonga qarshi sud jarayonlarini Pokistonning ichki ishi deb atadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring