Poytaxtimizning Yashnobod va Mirzo Ulugʻbek tumanlaridagi ayrim mahallalarga elektr energiyasini yetkazib berishda vaqtincha uzilishlar kuzatiladi — Energetika vazirligi

11:12 07 Iyun 2023 Jamiyat
308 0

Bugun, 7-iyun kuni soat 07:00 dan 8-iyun soat 08:00 ga qadar Yashnobod tumanining “Jarboshi” MFYning Abay, Serikbayev koʻchalari hududida va “Tashisti” MFYning Iqbol va Tuzel koʻchalari hududida;

Mirzo Ulugbek tumanining “Chingeldi”, “Temuriylar”, “Iqtidor”, “Geofizika”, “Ijodkor”, “Pastkiyuz”, “Geologlar”, “Sarbon”, “Gulzorobod” va “Alisherobod” mahalla fuqarolar yigʻini hududlarini elektr energiyasi taʼminlovchi 110/35/10 kVli “Tuzel” podstansiyasidagi quvvati 6300 kVA boʻlgan kuch transformatorining quvvati 10000 kVA quvvatga almashtirish ishlari olib boriladi.

Shu sababli, mazkur MFYlarning ayrim hududlariga elektr energiyasini yetkazib berishda vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.

Kuch transformatorini katta quvvatlisiga almashtirish jarayonini oʻz vaqtida xavfsiz olib borish va oʻrnatish choralari uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali tomonidan ushbu jarayonga 30 nafardan ortiq malakali mutaxassislar, zarur 5 dan ortiq maxsus transport vositalari jalb etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер