Poytaxtimizning Olmazor tumanida zamonaviy kutubxona ochildi

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Gʻalaba” mahalla fuqarolar yigʻinida “Kitob va kitobxonlik inson maʼnaviyatining koʻzgusi” shiori ostida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamda tuman hokimligi hamkorligida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Unda olimlar, ziyolilar, bolalar yozuvchilari, shoirlar, el suygan sanʼatkorlar, nuroniy otaxon va onaxonlar, yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda kitobxonlikka qaratilayotgan eʼtibor, yoshlarni kitobga mehrini oshirish borasidagi saʼy-harakatlarga toʻxtalib oʻtib, bunga yoshlarimiz ham munosib javob qaytarayotganliklarini, bunyod etilayotgan maʼrifat oʻchoqlari–kutubxonalar aholi maʼnaviy olamini yanada boyitishga, farzandlarimizni ezgu gʻoyalar asosida, kitobga mehrli etib tarbiyalashda yaqindan koʻmak berishini eʼtirof etishdi.
Tadbir bahonasida mazkur koʻrkam va zamonaviy kutubxona fondiga yuzga yaqin oʻzbek va jahon adabiyayoti durdonalaridan iborat qariyb 1000 dona badiiy kitoblar sovgʻa qilindi.
Madaniy-maʼrifiy tadbirda Olmazor tumani hokim oʻrinbosari Ziyodulla Saʼdullayev, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova, Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhitdinova, Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli xonandalari Adolat Ismoilova, “Muqumiy” nomidagi oʻzbek davlat musiqali drama teatri xonandasi Baxtiyor Ahmedovlar ishtirok etdi. Ularning chiqishlari madaniy-maʼrifiy tadbirga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.
Shuningdek, ziyolilar, olimlar tadbir davomida mamlakatimizda kezib yurgan yangilanish nafasi, izchil islohotlar ortida turgan inson manfaati, olib borilayotgan obodonchilik ishlari har bir yurtdoshimizning koʻngliga koʻchayotgani haqida alohida toʻxtalib oʻtishdi.
Shundan soʻng bolajonlar tomonidan ajoyib raqslar, sheʼr va masallar ijro etildi.
Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, Olmazor tumanidagi oʻtkazilishi belgilangan bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari joriy yilning yakuniga 12 ta yoʻnalish boʻyicha tashkil etiladi. Shuningdek, 33 ta turli maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlar doirasida 20 000 nafardan ortiq aholi qamrab olinadi. Tumanda tashkil etilayotgan har bir tadbir davomida aholi kayfiyatini koʻtarish, hududda ijtimoiy-maʼnaviy holatni yanada yaxshilash, yoshlarni milliy qadriyatlar asosida Vatanparvarlik ruhida tarbilashga alohida eʼtibor qaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan “Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi
- Tadqiqot xulosasi: Koronavirusning davomli asoratlari emlanganlarda kam kuzatiladi
- Toʻpalang GES inshootida texnik nosozlik toʻliq bartaraf etilgan. Vaziyat barqaror — «Oʻzbekgidroenergo» AJ
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
- “Kitob uychalari”, “Yosh kitobxon klubi”... Artel kompaniyasi kitobxonlikni keng targʻib qilmoqda
- Xillari Klinton 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring