Poytaxtimizda velosayl tashkil etildi

13:03 12 Iyun 2022 Sport
736 0

Bugun poytaxtimizda Butunjahon velosiped kuni munosabati bilan velosayl tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi raisi Viktor Mahmudov, Sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosarlari Shahrullo Mahmudov hamda Abdullo Aslonov, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev, Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi bosh kotibi Kozim Oʻrinboyxoʻjayev, koʻplab professional va havaskor velosportchilar, shuningdek para velosport boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ishtirok etishdi.

Qatnashchilar “International Tashkent Hotel” mehmonxonasidan boshlab Toshkent shahrining markaziy koʻchalari boʻylab harakatlanishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?