Poytaxtdagi yoʻnalishlardan birida Xitoydan keltirilgan elektrobus harakatlanadi
“Toshshahartransxizmat” AJ oʻz tasarrufidagi avtobuslarni bosqichma-bosqich yangilab borish, eng asosiysi harakat tarkibini zamonaviy, har taraflama iqtisodiy samara beradigan transport vositalari bilan toʻldirish maqsadida qator loyihalar hayotga tadbiq etmoqda. Xususan, tejamkorlik va atrof muhitga zarar yetkazmasligi bilan bugun dunyoda oʻzini oqlayotgan elektrobuslarni harakat tarkibiga qoʻshish tizim oldidagi muhim masalalardan biri.
Jumladan, yaqinda Belarusdan keltirilgan elektrobus 3 oy davomida yoʻnalishda sinovdan oʻtkazildi. Yurtimiz iqlim sharoitiga mos transport turini tanlash maqsadida yana bir xorijiy kompaniyaning taklifi oʻrganilmoqda. Shunga muvofiq Xitoyning Yutong kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektrobus namunasi poytaxtimizga keltirildi. Bu haqda AJ axborot xizmati xabar berdi.
Ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotga koʻra ZK6128BEVG modelidagi mazkur elektrobus 215 Kvatt bilan harakatlanadi. Bir marta olingan quvvat bilan 300 kilometrdan ziyod masofani bosib oʻtadi. Elektrobus saloni 5 ta kuzatuv kamerasi hamda monitor bilan jihozlangan. Undan tashqari dvigatel qismiga yongʻinga qarshi avtomat tarzda ishlovchi uskuna oʻrnatilgan. Shuningdek, konditsioner, isitish tizimi bilan taʼminlangan. 12 metr uzunlikdagi mazkur elektrobus oʻrtacha 70 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan.
Mazkur elektrobus yurtimiz iqlim sharoitida avtobus yoʻnalishlarida bir necha oy davomida sinovdan oʻtkaziladi.
Ushbu transport vositasi joriy yil 7-martdan 51-yoʻnalishda oʻzining dastlabki qatnovini boshlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring