Poytaxtdagi chinorlarning kesib tashlanishiga nima sabab boʻldi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi chinorlarning kesib tashlanayotgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, poytaxtda qurigan hamda zararlangan daraxtlar qulab tushishi oqibatida inson mol-mulkiga zarar yetkazilganlik holatlari, shuningdek insonlar hayoti va sogʻligʻi xavfsizligiga tahdid solayotgani koʻp kuzatilgan.
Shunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunining 37-moddasiga asosan Toshkent shahrida qurigan, shikastlangan, zararkunandalar taʼsirida kuchli kasallangan daraxtlarni kesish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ekologiya boshqarmasining maʼlum qilishicha, tabiiy omillar va zararkunandalar taʼsirida kasallangan, zararlangan, qurigan, insonning hayoti va sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotgan daraxtlar xatlovdan oʻtkazilib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevral 86-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tegishli ruxsatnomalar asosida kesish ishlari amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring