Poytaxtda yana daraxtlar kesilayotgani rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida daraxtlar kesilayotgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, Olmazor tumanining “Oltinsoy” mahalla fuqarolar yigʻini hududidan oqib oʻtuvchi Damashi kanali boʻyida joylashgan 12 tup terak daraxti tabiiy sharoit, shamol, namlik yetishmasligi kabi omillar hamda zararkunandalar taʼsiri natijasida jiddiy shikastlangan.
Taʼkidlanishicha, ushbu daraxtlar ichki qismi chirigan, ildiz qismi zaiflashgan va ularning beqaror holatga kelgani aniqlangan.
Mutaxassislar tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida mazkur daraxtlarning hozirgi holati kuchli shamol yoki tabiiy taʼsirlar oqibatida yiqilish xavfini kuchaytirishi hamda yaqin atrofda harakatlanayotgan fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga bevosita tahdid solishi maʼlum boʻlgan.
Shu sababli, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunining 37-moddasiga asosan, bunday xavfli holatga kelgan daraxtlarni sanitariya maqsadida kesishga ruxsat berilgan.
“Hozirga qadar 12 tupdan 3 tup terak daraxti kesilgan, qolganlari boʻyicha ishlar belgilangan tartibda davom ettirilmoqda. Ish jarayonlari ekologik talablarga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda”, — deyiladi boshqarma munosabatida.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 144 tup daraxt moratoriy talablariga zid ravishda kesib tashlangani toʻgʻrisida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring