“Persepolis” Eron chempionatida “Sepaxon”ni magʻlub etdi

18:56 23 Yanvar 2026 Sport
588 0

Bugun, 23-yanvar kuni futbol boʻyicha Eron chempionatining 17-turi doirasida “Persepolis” jamoasi oʻz maydonida Isfahonning “Sepaxon” jamoasini qabul qildi. Uchrashuv 2:1 hisobida Tehron klubining gʻalabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvda hisob 49-daqiqada Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Oston Oʻrunov tomonidan ochildi. 70-daqiqada esa zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan “Persepolis”ning yangi futbolchisi Igor Sergeyev hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi.

Ikkinchi boʻlimga hakam tomonidan qoʻshib berilgan daqiqalarda “Sepaxon” futbolchisi Rikardo Alvesh penaltidan hisobni qisqartirdi. Bahs aynan 2:1 hisobida yakunlandi.

Ushbu gʻalaba evaziga “Persepolis” jamoasi ochkolari sonini “Sepaxon” klubi bilan tenglashtirib oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер