Pedagoglar faoliyatiga noqonuniy aralashgan mansabdor shaxslar maʼmuriy qamoqqa olinishi mumkin
Foto: Arxiv surat
Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Prezident tomonidan imzolangan Qonunga (OʻRQ–826, 27.03.2023-y.) asosan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritildi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra:
Mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash taʼlim tashkiloti pedagog xodimiga nisbatan xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi:
— BHMning 150 baravaridan 200 baravarigacha (45 mln soʻmdan 60 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;
— 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
— 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari.
Ilgari bunday norma mavjud emas edi.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga koʻra, mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (15 mln soʻmdan 30 mln soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Endilikda mazkur Kodeksga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchaga koʻra, xuddi shunday huquqbuzarlik taʼlim tashkiloti pedagog xodimiga nisbatan sodir etilsa, BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha (30 mln soʻmdan 45 mln soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ilgari bunday norma mavjud emas edi.
Shuningdek, pedagog xodimning kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilarning bilimini toʻgʻri va xolis baholashiga taʼsir koʻrsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki uning xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish:
— fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (ilgari 5 baravardan 7 baravargacha), mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha (ilgari 7 baravardan 10 baravargacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bundan tashqari, xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilsa:
— fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (ilgari 7 baravardan 10 baravargacha), mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha (ilgari 10 baravardan 15 baravargacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga (ilgari ushbu jazo chorasi qoʻllanilmagan) sabab boʻladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring