Pastki qavatida “mahalla yettiligi” joylashadigan binolarga soliq boʻyicha yengilliklar beriladi
Mahalla binolarini zamonaviy servis obyektiga aylantirish uchun tadbirkorlarga qoʻshimcha yengilliklar beriladi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishida aytildi.
Qayd etilishicha, sharoit qilib berilgani uchun joylarda xususiy sheriklik asosida 1 mingga yaqin zamonaviy mahalla binolari barpo etildi.
Eng avvalo, viloyat “Islohotlar shtabi” tadbirkorlar bilan maslahat qilib, mahalla binosi qurish uchun aniq joyni belgilaydi, yer ajratish qarorini chiqarib beradi.
Shahar va viloyat markazida tadbirkorlar tomonidan qurilib, pastki qavatida “mahalla yettiligi” joylashadigan binolar 3-yil muddatga yer va mol-mulk soligʻidan ozod qilinadi.
Qishloq joylarda esa bu imtiyozlar 7-yil boʻladi.
Bino egasi boʻlgan tadbirkorlar ushbu muddat davomida foyda va aylanmadan soliqni 50 foiz pasaytirilgan stavkada toʻlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring