Past xavf guruhidagi aholiga moʻljallangan eslatmadan qanday tavsiyalar oʻrin olgan?

06:18 04 Aprel 2024 Jamiyat
681 0

Sogʻliqni saqlash tizimida aholiga sifatli birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish, kasalliklarni profilaktika qilish va erta aniqlash – dolzarb masala.

Shu sababli bugun yurtimiz boʻylab tibbiy xatlov oʻtkazilib, fuqarolar salomatlik koʻrsatkichlari boʻyicha toʻrt guruhga ajratib olinmoqda.

Avvalroq, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur guruhlarga kiruvchi aholiga alohida eslatmalar tayyorlangani va 1 tayanch guruhi — amaliy sogʻlom shaxslar uchun tavsiyalar eʼlon qilingan edi.

Bu gal 2-past xavf guruhiga mansub fuqarolarga moʻljallangan eslatmalar bilan tanishasiz.

Sogʻlom ovqatlanish tamoyillariga amal qiling!

kun davomida oz-ozdan 4-5 marotaba taomlaning;

kamida 400 gr. meva va sabzavotlar, koʻkatlar isteʼmol qiling;

kechki ovqatni 19:00 dan kechiktirmang;

tarkibida osh tuzi koʻp boʻlgan mahsulotlar va tuzlamalarni cheklang;

tez tayyor boʻladigan ovqatlar va gazli shirin ichimliklarni imkon qadar taomnomangizdan chiqarib tashlang;

shirinliklar, qand-shakar qoʻshilgan oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmolini kamaytiring.

Jismoniy faollik!

kun davomida 45 daqiqa jismoniy mashqlarni bajaring;

yurishni 1000 qadamdan boshlang, kuniga 10 qadamdan qoʻshib boring;

oʻzingizga yaqin hamroh bilan kamida 30 daqiqa kechki sayr qiling.

Oilaviy shifokor tomonidan qisqacha profilaktik individual maslahatlar!

Tana vazningizni doimo nazorat qiling;

Tamaki chekish va spirtli ichimliklar isteʼmol qilishdan hoziroq voz keching.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер