Parlament eshituviga tayyorgarlik: Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish holati muhokama qilindi

09:51 24 Oktyabr 2025 Siyosat
240 0

Oliy Majlis Senatida Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar ijrosi holatini koʻrish boʻyicha ishchi guruhning yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda vazirlik va idoralar hamda ilmiy-tahliliy muassasalarning masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni hamda ularning indikatorlarini hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib qayta koʻrib chiqish, milliy indikatorlar boʻyicha maʼlumotlar bazasini yangilash hamda qabul qilinayotgan strategiya va tarmoq dasturlarini Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan hamohang tarzda ishlab chiqish zarurligi taʼkidlandi.

Shuningdek, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish, milliy hisobotlarni xalqaro mezonlar bilan uygʻunlashtirish masalalari ham muhokama qilindi.

Yigʻilish yakunida mazkur masalani yalpi majlis muhokamasiga olib chiqish hamda uning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasini 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini qabul qilishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер