Parkentdagi zavodda ishlab chiqarilgan 1,1 mlrd soʻmlik qalbaki alkogol mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning iqtisodiy sohada korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati, Olmaliq-Ohangaron yoʻnalishidagi A373-magistral yoʻlida oʻtkazilgan tadbirda, 2 ta “ISUZU” rusumli yuk avtomashinalari haydovchilari Parkent tumanidagi spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi “B.G.” MCHJda ishlab chiqarilgan “QR-kod” markirovkasi qalbaki boʻlgan 4 xil nomdagi jami 25 120 dona umumiy qiymati 1,1 mlrd soʻmlik alkogol mahsulotini MCHJ rahbari Sh.X.ning topshirigʻiga asosan Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslarga yetkazish maqsadida olib ketayotganliklari aniqlangan.
Shundan soʻng tezkor tadbir davom ettirilib, “B.G.” MCHJning ishlab chiqarish sexi hamda korxona qoʻriqchisi A.A.ning xonadoni koʻzdan kechirilib, 143 ta oʻramdagi 14 300 dona qalbaki “QR-kod” markirovka va 14 176 dona aksiz markalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasining xulosasiga koʻra, “B.G.” MCHJdan olingan aksiz markalar 2023-yilda ishlab chiqarilganligi, yaʼni hozirda realizatsiya qilish taqiqlanganligi qayd etilgan.
Bundan tashqari, “B.G.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar oʻtgan yilda ishlab chiqarilgan aksiz markalarni yoʻq qilinganligi toʻgʻrisida soxta dalolatnoma rasmiylashtirib, amalda ushbu aksiz markalardan foydalangan holda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarganliklari, shuningdek 162,5 mln soʻm soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring