Parijdagi koʻrgazmada mamlakatimiz liboslari guldastasi namoyish etilmoqda

17:14 19 Yanvar 2023 Madaniyat
872 0

Parijdagi Arab dunyosi institutida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan “Samarqandga yoʻl. Ipak va oltin moʻjizalari” koʻrgazmasida Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent va Fargʻona vodiysi shaharlaridan 24 dona anʼanaviy ust kiyimlardan iborat oʻxshashda tengi yoʻq liboslar guldastasi namoyish etilmoqda.

XIX-XX asr boshlarida Markaziy Osiyoning aksariyat shaharlarida ipak, nimshoyi, kimxob va paxta abr gazlamalari ishlab chiqarilgan. Oʻsha kezlari Oʻzbekistonda dunyoda ikat nomi bilan dong taratgan abrishim matolarini badiiy tasvirlarda boʻyab, jilva tus berish katta avj bilan rivojlangan.

Hozirda ikat sanoati Margʻilonda keng quloch yozib taraqqiy etgan boʻlib, zamon bilan hamnafas hunarmandlar avlodlardan-avlodlarga oʻtib kelayotgan qadimiy anʼana va uslublar asosida gazmol tikadilar. Bularning barcha tarovatu jilosidan koʻrgazmaning oʻzida 2023-yilning 4-iyuniga qadar bahra olish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?