Parijda “Buyuk Ipak yo‘li madaniyati” mavzuida xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

11:24 04 May 2018 Madaniyat
3718 0
Foto: vatandosh.uz

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi do‘stona aloqalar ko‘p asrlik tarixga ega. Sohibqiron Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI ga yo‘llagan maktublardagi samimiy istaklar ham ana shundan dalolat beradi. Fransiya musulmonlari jamiyati raisining buyuk muhaddis vatandoshimiz Imom Buxoriy hurmati tufayli butun dunyo musulmonlari o‘zbeklar bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanligini bildirgani bunday aloqalar bardavom bo‘lishini anglatadi.

Kuni kecha Fransiyaga tashrif buyurgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Xalqaro islom akademiyasi vakillaridan iborat delegatsiya diniy-ma’rifiy sohada manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.

Fransiya Islom fondida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonda bu borada yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

— Turli millat hamda din vakillarining o‘zaro hamkorligi bugungi kunda juda zarur, — deydi Fransiya Islom fondi prezidenti Jan-Per Shevenman. — O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar madaniy-ma’rifiy jabhadagi hamkorligimizga ham ijobiy ta’sir etishiga ishonaman.

Fransiya aholisi orasidagi 7 milliondan ziyod musulmonlar manfaatlarini himoya qilib kelayotgan mazkur fond 2021 yilda Madaniyat vazirligi, Luvr muzeyi bilan hamkorlikda Parij shahrida “Buyuk Ipak yo‘li madaniyati” mavzuidagi xalqaro ko‘rgazmani o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda. Unda “O‘zbekiston — islom sivilizatsiyasi markazi” nomli ekspozitsiya namoyish etilishi ham ko‘zda tutilgan.

Shoyim BO‘TAYEV,
“Xalq so‘zi”.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер