Parij olimpiadasining 11-kunida atigi bitta sportchimiz qatnashadi. U “Qochqinlar jamoasi” aʼzosiga qarshi chiqadi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Bugundan “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlari doirasida bir nafar sport kurashchisi bahslarga kirishadi.
Yunon-rum kurashchisi Islomjon Bahromov Parijdagi oʻz yurishini kechki dasturlarda boshlaydi. Uning ilk chiqishi Olimpiada bayrogʻi ostida harakat qilayotgan “Qochqinlar jamoasi” aʼzosi, aslida eronlik, Jamol Valizodaga qarshi. Qayd etish kerakki, Valizoda 1991-yilda Eronning Kirmanshoh shahrida tugʻilgan.
XOQ qochqinlar olimpiya terma jamoasi (Équipe olympique des réfugiés) 11 mamlakatdan 37 nafar sportchi 12 sport turi boʻyicha “Qochqinlar” Olimpiya terma jamoasini himoya qiladi. 37 sportchidan 14 nafari eronlikdir.
Avvalroq, Safina Saʼdullayeva bronza medalidan qoʻshimcha koʻrsatgichlar evaziga quruq qolgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring