Parij-2024 yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga qancha koʻngilli jalb etilishi maʼlum qilindi

10:31 23 Fevral 2023 Sport
592 0

Parij-2024 tashkiliy qoʻmitasi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari uchun 45 ming nafar koʻngillini jalb qilmoqchi. Bu haqda Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, koʻngilli boʻlishni istaganlar uchun ariza topshirish jarayoni joriy yilning mart oyida boshlanadi. Ariza beruvchilar 2023-yil sentyabr oyida volontyorlikka qabul qilingani yoki qilinmagani haqida xabardor qilinadi.

Maʼlumot uchun, Tokio-2020 yozgi Olimpiya va Paralipmiya oʻyinalrida jami 110 ming nafar koʻngilli faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?