Paralimpiya delegatsiyasini kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi – Fotorepotaj

12:39 13 Avgust 2024 Sport
149 0

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

Joriy yilning 28 avgustidan 8 sentyabriga  qadar Fransiyaning Parij shahrida XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bu galgi o‘yinlarga 65 nafar o‘zbekistonlik para atlet 9 ta sport turidan (para yengil atletika, para taekvondo, para o‘q otish, para suzish, para kanoe, para akademik eshkak eshish, para dzyudo, para pauerlifting va para velosport) jami 113 ta lisenziya qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston Paralimpiyasi tarixida rekord ko‘rsatgich hisoblanadi. Taqqoslash uchun paralimpiyachilarimiz 2016 yil Rio de Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarga 32 ta, Tokio da bo‘lgan o‘yinlarga 70 ta lisenziya qo‘lga kiritgan edi.

E’tiborlisi, Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan 65 nafar para atletning 29 nafari, ya’ni 45 foizi ayol sportchilar hisoblanadi. Bundan tashqari, para o‘q otish bo‘yicha ilk bor o‘zbekistonlik ayol sportchi – Shaxnoza Mamajonova Paralimpiya o‘yinlari lisenziyasini qo‘lga kiritdi. Bu esa yurtimizda Paralimpiya harakatida ham gender tengligi ta’minlanib borayotganidan dalolatdir.

Fransiya poytaxtidagi o‘yinlarda O‘zbekiston delegatsiyasi para velosport turidan debyut qiladi. Ikki nafar para velosportchimiz XVII yozgi  Paralimpiya o‘yinlarida  velopoyganing 8 ta   yo‘nalishda g‘oliblik  uchun bahs olib boradi.

Shuningdek, para kanoe, para taekvondo, para pauerlifting va para yengil atletika sport turlarida rekord darajada lisenziyalar qo‘lga kiritildi.

Para yengil atletika bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Shaxina Yigitaliyeva O‘zbekiston tarixida Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan eng yosh sportchi hisoblanadi. U 2008 yil 19 oktyabrda tug‘ilgan. Delegatsiya vakillarining ko‘pchiligi ayni dam o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarining yakuniy bosqichini o‘tkazishmoqda. Parij paralimpiya o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi 28 avgust sanasiga belgilangan.

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер