Para taekvondo: hamyurtlarimiz Gran-pri turnirida 4 ta medalni qoʻlga kiritishdi

10:52 07 Iyun 2022 Sport
593 0

Kecha Bolgariya poytaxti Sofiya shahri mezbonlik qilgan para taekvondo boʻyicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga muhim reyting ochkolarini beruvchi xalqaro Gran-pri turniri yakunlandi.

Eʼtiborlisi, dunyoning eng kuchli para taekvondochilari ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqa vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli oʻtdi. 5 nafar sportchi bilan bahslarda qatnashgan delegatsiyamiz yakunda 4 ta medalga sazovor boʻldi.

Jumladan, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlari chempioni Guljanoy Naimova (+65 kg) doimgidek gʻoliblikni hech kimga bermadi, erkaklar oʻrtasida Sanjar Muxtorov (-58 kg) hamda Asadbek Toshtemirov (-80 kg), ayollar oʻrtasida esa Ziyoda Isoqova (-47 kg) bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi sayyoramizning 30 ga yaqin davlatidan 200 nafarga yaqin sportchi qatnashgan nufuzli musobaqada 1 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?