Para pauerlifting: Osiyo-Okeaniya ochiq chempionatidagi medallarimiz soni 22 taga yetdi

Janubiy Koreyaning Pxyontxek shahrida para pauerlifting boʻyicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi Osiyo-Okeaniya ochiq chempionati davom etmoqda.
Musobaqaning bugungi kuni ham vakillarimiz uchun sermahsul kechdi. Jumladan, erkaklar oʻrtasida -80 kg vazn toifasida Rio-2016 yozgi Paralimpiya oʻyinlari sovrindori hamyurtimiz Axror Bozorov 211 kg, 3 ta urunish yakunlariga koʻra esa 611 kg toshni oʻziga boʻysundirgan holda 4 ta kumush medalga sazovor boʻldi. +107 kg vazn toifasida hamyurtimiz Doston Abdusattorov 3 ta urunishda jami 614 kg toshni oʻziga boʻysundirgan holda 2 ta kumush medalga sazovor boʻldi. Ayollar oʻrtasida yana bir hamyurtimiz Qudratoy Toshpoʻlatova -67 kg vazn toifasida 114 kg, 3 ta urunish yakunlariga koʻra esa 333 kg toshni oʻziga boʻysundirdi va 4 ta kumush medalga sazovor boʻldi. Ayollar oʻrtasida -61 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlari sovrindori Roʻza Qoʻziyeva 120 kg natija bilan 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi va 2 ta bronza medaliga sazovor boʻldi.
Avvalroq, musobaqaning ilk kunida erkaklar oʻrtasida -97 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan hamyurtimiz Xusniddin Usmanov 3 ta urunishda jami 610 kg toshni oʻziga boʻysundirgan holda 2 ta bronza medalga, erkaklar oʻrtasida -72 kg vazn toifasida hamyurtimiz Bexzod Jamilov 180 kg toshni oʻziga boʻysundirgan holda 2 ta bronza medaliga sazovor boʻldi. Xuddi shu vazn toifasida yana bir vakilimiz Yashinbek Oltiyev 3 ta urunishda jami 520 kg jamgʻardi va 2 ta bronza medaliga sazovor boʻlgan edi. Erkaklar oʻrtasida -107 kg vazn toifasida hamyurtimiz Nuriddin Davlatov umumiy hisobda 612 kg toshni oʻziga boʻysundirgan holda 2 ta bronza va 2 ta oltin medal qoʻlga kiritgan edi.
Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi jami medallar soni 22 taga yetdi. Shundan 10 tasi bronza, 10 tasi kumush va 2 tasi oltin medallaridir.
Vakillarimizning musobaqadagi ishtiroki davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring