Para yengil atletika: sportchilarimiz Fazza Gran-prisida umumjamoa hisobida 3-oʻrinni egalladi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para yengil atletika boʻyicha anʼanaviy Fazza Gran-pri turniri oʻz yakuniga yetdi.
Musobaqaning soʻnggi kunida terma jamoamiz aʼzolari 7 ta medalga sazovor boʻlishdi.
Disk uloqtirish F57 (erkaklar)
Yorqinbek Odilov – oltin
Nayza uloqtirish F54 (ayollar)
Nurxon Qurbonova – oltin
Uzunlikka sakrash T11/12 (ayollar)
Asila Mirzayorova – oltin
Yadro uloqtirish F63 (erkaklar)
Muhammad Rixsimov – kumush
Uzunlikka sakrash T11/12 (ayollar)
Yoqutxon Xolbekova – kumush
100 m. yugurish T13 (erkaklar)
Doniyorjon Axmedov – bronza
Uzunlikka sakrash T12 (erkaklar)
Doniyor Saliyev – bronza
Ahamiyatli jihati, F41 klassida yadro uloqtirish boʻyicha bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Kubaro Hakimova Osiyo rekordini yangiladi. Bundan tashqari, uzunlikka sakrash bahslarida Asila Mirzayorova, Yoqutxon Xolbekova hamda Izzat Turgʻunov ayni paytda jahon reytingidagi eng yaxshi natijalarni qayd etishdi.
Shu tariqa terma jamoamiz Fazza Gran-pri turnirida 9 ta oltin, 7 ta kumush va 10 ta bronza, jami 26 ta medal bilan umumjamoa hisobida Xitoy va Ukrainadan soʻng 3-oʻrinni egalladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring