«Paxtakor» futbol klubi sotuvga qo‘yildi
Toshkentning «Paxtakor» futbol klubining 100 foiz davlat ulushi sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 martdagi PQ-102-son qaroriga asosan futbol klublari xususiylashtirilishi belgilangan.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan futbol klublarining bir davlat tashkiloti tasarrufida bo‘lishi sog‘lom raqobat muhitini yaratishga to‘sqinlik qilishi bildirilgan. Bugungi kunda, futbol klublari davlat tashkilotlari va davlat ishtirokidagi korxonalar tasarrufida qolib, umumiy benefisiar sifatida davlat bo‘lib qolmoqda.
O‘z navbatida, ushbu holat xalqaro prinsiplarga muvofiq hisoblanmaydi. Shunga ko‘ra, dastlab jozibadorligi yuqori bo‘lgan futbol klublarini xususiylashtirgan holda xususiy sektorning ulushini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan.
Shunga ko‘ra, tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Davaktiv agentligi) “Paxtakor futbol klubi” MCHJning 100 foiz davlat ulushini (keyingi o‘rinlarda – Aktiv/Jamiyat) bo‘yicha ommaviy savdo jarayonlari boshlanganligini e’lon qiladi.
Davlat aktividan kelgusida foydalanish va sotib olishga qo‘yiladigan talablar:
Futbol klubining faoliyatini saqlab qolish, rivojlantirish va xalqaro darajaga olib chiqish;
Futbol klubi balansidagi barcha sport ob’yektlaridan, shu jumladan futbol maydonidan faqatgina sport faoliyati yo‘nalishlarida foydalanish;
“Paxtakor” futbol klubi akademiyasi faoliyatini saqlab qolish va rivojlantirish.
Talabgorlarning sotib olish bo‘yicha takliflari quyidagi havola orqali “E-auksion” elektron savdo platformasida qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring