OʻzTMK Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan “Future Minerals Forum 2025”da ishtirok etdi
Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan “Future Minerals Forum 2025” dunyo togʻ-kon sanoati va metallurgiya sohasida muhim voqealardan biri boʻldi. Forum davomida 100 dan ortiq davlatlardan kelgan mutaxassislar, sanoat yetakchilari va siyosatchilar ishtirokida mineral resurslar va metall sanoatini rivojlantirishga bagʻishlangan keng tarmoqli uchrashuvlar tashkil etildi.
Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati (OʻzTMK) delegatsiyasi forumda faol ishtirok etib, InfraVia, Toronto Stock Exchange, Trafigura, Beacon, Ximei Resources, Traxys va shu kabi xalqaro miqyosdagi 50 ga yaqin yirik kompaniyalar bilan muzokaralar olib borib, istiqbolli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻydi.
Qolaversa, konferensiya davomida OʻzTMK vakillari togʻ-kon sanoati uchun sunʼiy intellektga ixtisoslashgan “Intellisense.io” yetakchi kompaniyasi bilan memorandum imzolashga erishdi. Bu sunʼiy intellektni texnologik metallar sohasi hamda ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish boʻyicha mamlakatimizda muhim oʻzgarishlarni boshlab berishdagi muhim qadamlardan biridir. Ushbu kelishuv mineral resurslarni qidirish va qazib olish jarayonlarini yanada aniqroq va samarali qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish uchun samarali monitoring tizimlarini joriy qilishga koʻmak beradi.
“Oʻzbekiston biz uchun alohida qiziqish uygʻotadigan strategik hudud. Ushbu mamlakatning izchil taraqqiyoti, togʻ-kon sanoatidagi ulkan salohiyati eʼtirofga loyiq. Oʻzbekiston Texnologik Metallar Kombinati bilan imzolangan sheriklik shartnomasi ham bizning ushbu sohada hamkorlikka boʻlgan ishonchimizni yana bir bor tasdiqlaydi va bu qadamni birgalikdagi muvaffaqiyatlarning boshlanishi sifatida baholaymiz”, — deydi “Intellisense.io” kompaniyasining asoschisi va bosh direktori Sem Boz.
Shuningdek, kombinat vakillari Markaziy Osiyo yetakchilari uchun “EIT RawMaterials” hududlararo markazi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida ham ishtirok etdi. Unda togʻ-kon sanoati, qayta tiklanadigan energiya manbalari, infratuzilmani integratsiyalash hamda shu kabi qator masalalar koʻrib chiqildi.
2024-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilgan Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati togʻ-kon va texnologik metallar sohasini rivojlantirish yoʻlida xalqaro darajadagi yirik kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlikni kengaytirishni davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring