Ozon qatlami va uning insoniyat uchun ahamiyati

13:56 19 Sentyabr 2022 Jamiyat
2034 0

Foto: Халқ сўзи

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 40 IDUMda “Xalqaro Ozon qatlamini himoya qilish kuni”ga bagʻishlangan “Ozon qatlami va uning insoniyat uchun ahamiyati” nomli tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda bir guruh ekologik faollar, oʻqituvchilar hamda oʻquvchilar ishtirok etdi.

Tadbir qatnashchilari Ozon qatlami boʻyicha oʻzlariga kerakli boʻlgan bilim-koʻnikmalarni hosil qilishdi. 

— Yer doimo Ozon qatlamiga muhtoj. Zaminimizda tirik mavjudotlar yashar ekan, Ozonsiz ular nafas ololmaydi. Quyosh nurlarining zararli qismini qaytarib, bizga filtr vazifasini oʻtovchi qatlamni asrashimiz kerak. Oyga boʻlgan parvozlar, raketalarning ozonni yorib oʻtishi ham qaysidir maʼnoda qaytarib boʻlmas yoriqlarni hosil qiladi. Biz tabiatni asrashni Ozondan boshlashimiz zarur, — deydi tadbir tashkilotchisi, geografiya fani oʻqituvchisi Raʼno Umarova. 

Ekologik xavfning oldini olish maqsadida 1985-yilda dunyoning 147 mamlakati ishtirokida Ozon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi qabul qilingan. Oradan ikki yil oʻtgach, 1987-yilning 16-sentyabrida ozon qatlamini yemiruvchi moddalar boʻyicha Monreal protokoli ham imzolangan. Shu kundan eʼtiboran ushbu sana ozon qatlamini himoya qilish xalqaro kuni sifatida nishonlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?