Ozoda Sobirjonova bronza medali uchun bahsda jahonning 1-raqamli sportchisiga yutqazdi!
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.
Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ozoda Sobirjonova -67 kg vazn toifasida bronza medali uchun bahsda qatnashdi.
Hamyurtimiz belgiyalik Sara Chaari qarshi kechgan qiziqarli bahsning birinchi raundida 16:2 hisobida gʻalaba qozondi. Ikkinchi raundda esa 2:3 hisobida yutqazib qoʻydi. Hal qiluvchi uchinchi raund esa 4:5 hisobida raqib foydasiga hal boʻldi. Qayd etish kerakki, Sara Chaari ushbu vaznda jahonning birinchi raqamli sportchisi hisoblanadi.
Jahonning 3-raqamli sportchisi serbiyalik Aleksandra Perishichning finalga yetib borishi Sobirjonovaga medal uchun imkoniyat yaratgandi. Oʻtish bahsida Ozoda tailandlik Sasikarn Tongchanga qarshi kurash olib borib, umumiy 2:1 hisobida magʻlub etgandi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Sobirjonova Ozoda Obidjon qizi 2002-yilning 7-dekabr sanasida Jizzax viloyati Zomin tumanida dunyoga kelgan.
Avvalroq, Ulugʻbek Rashitov va Hasanboy Doʻsmatovlar ikki karradan Olimpiada oltin medal sohiblari boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring