Ozoda Nursaidovaning klipini suratga olishda aktrisa qizni mashina bosib ketgani aytildi
Videodan kadr
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Ozoda Nursaidovaning qoʻshigʻi uchun klip suratga olish jarayonida — 2024-yilning noyabr oyida aktrisa Sabrina Jabborovani avtomobil bosib ketgan. Bu haqda Jabborovaning oʻzi Instagramʻdagi sahifasida maʼlum qildi.
Aktrisaning yozishicha, klipda suratga tushayotgan boshqa bir voyaga yetmagan qiz rejissyorning koʻrsatmasi bilan Mercedes-Benz avtomobilini haydab, boshqaruvini yoʻqotgan. Oqibatda Sabrina mashina gʻildiraklari ostida qolib, ogʻir darajadagi tan jarohatlari olgan.
Jabrlanuvchiga birinchi yordam vaqtida koʻrsatilmagani oqibatida u koʻp qon yoʻqotgan. Keyin uni 4-sonli kasalxonaga olib borishgan, 9 soatlik operatsiyadan soʻng bemorning hayoti saqlab qolingan. Biroq, jarrohlik amaliyoti notoʻgʻri bajarilgani tufayli qizning chap oyogʻi oʻngidan 7 sm uzunroq boʻlib, nogiron boʻlib qolgan.
Bildirilishicha, ayni vaqtda shifokorlar qizning salomatligini tiklash uchun uning tos suyagini sindirib, suyaklarni toʻgʻrilash kerakligi, bunday operatsiyalar kamdan kam holatlarda muvaffaqiyatli oʻtishini aytgan.
Shuningdek, murojaatda keltirilishicha, suratga olish tashkilotchilari va boshqa aybdor shaxslar jabrlanuvchiga yetarlicha yordam koʻrsatmagan. Faqatgina 4 oy davomida “filmni suratga olishda texnik qoidalarni buzganligi” uchun jarima sifatida 500 dollar toʻlab turgan.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu hodisa boʻyicha ish sudga oshirilgan, lekin hali sud jarayoni hali boshlanmagan. Sabrina tergovchi unga ish materiallarini taqdim qilmaganini aytgan.
Murojaatda aktrisa normal yurish qobiliyatini tiklash uchun chet elda takroriy operatsiya oʻtkazishi kerakligini aytgan va jamoatchilikdan yordam soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring