OʻzLiDeP vakili: “Sobiq Sovet ittifoqidan meros – kim qayerga nima xohlasa qurib tashlayvergan”

16:47 05 Avgust 2019 Jamiyat
4268 0

Arxiv foto

OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishida mazkur partiya vakili Elbek Shukurov oʻzboshimchalik bilan qurib olingan obyektlar hamda qonunga xilof ravishda qurilgan binolar xususida fikr bildirib oʻtdi.

“Sobiq Sovet ittifoqidan meros – kim qayerga nima xohlasa qurib tashlayvergan. Men oddiy misol sifatida aytaman, “zapravka”dan 500 metr atrofda aholi yashash joyi, ovqatlanadigan joy boʻlishi mumkin emas. Lekin qayerda shu narsaga amal qilinganini koʻrgansizlar shaharda (Toshkent shahri - tahr.)? “Zapravka”ning oldida xonadon ham bor, boshqa tadbirkorlik subyektlari ham bor. Qonunda mumkinmas. Boshida tadbirkor shu joyga ruxsat olishga borganida hokimiyat yoki davlatning tegishli organi “yoʻq” degan boʻlsa kerak. Keyin yana uning baribir ruxsatini olish uchun tanish-bilish “surib” yoki pulini berib maqsadiga erishadi. Mana endi qonuniylikka rioya qilinib, endi buzamiz deb kelgan paytda tadbirkorlar hamma yerga jar solish holati ham bor. “Snos”lar oʻzi nimadan boshlandi? Suvning boʻyida norma boʻyicha, qonunchilik asosida, 50 metr masofada uy ham tadbikorlik subyekti ham boʻlishi kerak emas. Lekin bizda hamma joyga qurib tashlangan. Uni agar buzamiz desak yana oʻsha “snos” masalasi koʻtariladi”, - dedi u.

Shuningdek, Elbek Shukurov ayrim insonlar tomonidan oʻzlari yashagan yoki faoliyat yuritgan hududga yuqori baho soʻralganini ham taʼkidlab oʻtdi.

“Butun aholi yalinyapti, shu tadbirkorga yoki xonadonga, “uyimiz ekskirib ketgan, hammamizni rozi qildi, iltimos sen ham rozi boʻlgin” deyapti. “Yoʻq, 4 sotix yerimga 1 mln. dollar xohlayman” deydi. Bunaqa holatlar ham bor. Bizda hozirda eng katta boʻlayotgan xato, toʻgʻri tushuninglar, tuman hokimiyati darajasida ham bizlarga oʻxshab qonunchilikni yaxshi tushunadigan, ertalabdan har bir qarorni oʻqib qoʻyadigan mutaxassislar yoʻq. “Kompetentnыy” boʻlmasligi mumkin. Shu holatlarda hurmatli deputatlar, tuman kengashlarining asosiy vazifasi qilayotgan xatti-harakatini masʼulga tushuntirish. Shu nuqtai-nazardan har bir harakatda uni umumiy “snos” shaklida emas. Har bir holatni alohida-alohida baholash nuqtayi nazaridan koʻrishimiz kerak. Men hokimiyatlarni umuman oqlayotganim yoʻq. Partiyamizning pozitsiyasi qatʼiy boʻlishi kerak. Lekin baʼzi boshqa hamkasblarimiz nuqtai-nazaridan faqat piarga ham oʻtib olishimiz kerak emas, - dedi E. Shukurov.

Men oʻz soʻzlarim bilan, qaysidir joyda notoʻgʻri izohlab, kimningdir koʻngliga qattiq tekkan boʻlsam, barchadan uzr soʻrayman. Men vatanimiz va shahrimiz uchun birinchi oʻrinda davlat xizmatchisi emas, shahar va davlat fuqarosi sifatida qaygʻuraman”, - deb yozadi Shukurov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер