“Oʻzkimyosanoat” ayrim ayollarga uy-joyini taʼmirlash uchun moddiy yordam koʻrsatmoqda

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati hamda tizim korxonalarida xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimini joriy etildi. Endilikda ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy faolligi, davlat va jamiyat boshqaruvidagi, onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi rolini oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu ishlar haqida “Xalq soʻzi”ga “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abdurahmanova maʼlumot berdi.
Unga koʻra, Ehtiyojmand xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi taʼminlangan. Xususan, yolgʻiz onalarga yoki nogiron bolalarni tarbiyalayotgan ayollarga dori-darmon xarid qilish, uy-joyini taʼmirlash uchun toʻlov, bolalar ovqatlarini sotib olishlari uchun moddiy yordam koʻrsatilmoqda.
“Aksiyadorlik jamiyatining toʻrt nafar xodimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida «Korporativ boshqaruvning zamonaviy amaliyoti va tamoyillari” boʻyicha qisqa muddatli kursida tahsil olib sertifikatlar olishdi va bu bilan Kuzatuv kengashi tarkibiga kirish huquqiga ega boʻldi.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ipakchilik yoʻnalishi boʻyicha kimyo sanoati korxonalari xodimlarining oila aʼzolari uchun qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, har bir korxonada yuqoridagi muammolarni hal qilishda oʻziga xos ish olib borildi. Masalan, “Navoiazot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan xodimlarning ishsiz oila aʼzolari roʻyxati shakllantirildi. Karmana tumanidagi “Navoiy Silk Production” aksiyadorlik jamiyati, Navbahor tumanidagi “Al-Aziz Ipagi” klasteri bilan 100 nafar pillakorning hamkorligi asosida 112 nafar ipakchining bandligini taʼminlash boʻyicha mehnat shartnomalari imzolandi. Jami 212 nafar avval ishsiz boʻlgan fuqaro mavsumiy ish bilan taʼminlandi.
Joriy yilning iyul oyida “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tashabbusi bilan xotin-qizlar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish dasturi ishlab chiqilgan edi. Shu asosda “Navoiazot” aksiyadorlik jamiyatida hunarmand ayollar bandligini taʼminlashga moʻljallangan “Navoiy adrasi” kasanachilik sexi tashkil etilishi ham xotin-qizlarga boʻlgan eʼtiborning yorqin namunasidir», deydi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 8-iyundan chiqindidan qarzdorlar elektr uchun toʻlov qilolmaydi
- AQSHda jurnalist qiz Trampning yuziga mikrofon bilan urib yubordi (+video)
- Endi taʼlim granti talabalarning oʻzlashtirishiga qarab har yili qayta taqsimlanadi
- Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
- “Qamchiq” dovonida fuqarolarga yordam koʻrsatilmoqda. Qoʻshimcha poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilgan
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti QS reytingida TOP–500 talikdan joy oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring