“Oʻzgidromet” yana bir tezkor ogohlantirish eʼlon qildi

13:41 20 Fevral 2026 Jamiyat
233 0

Illyustrativ foto

Joriy yilning 21-22-fevral kunlari kutilayotgan yogʻingarchiliklar sababli respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida qor koʻchkisi hodisasi yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda “Oʻzgidromet” ogohlantirish eʼlon qildi.

Qayd etilishicha, quyidagi hududlarda:

• Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

• Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

• Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;

• Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

• Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);

• Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.

Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻraldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер