«Oʻzbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan “Nihol” mukofoti sovrindorlari ishtirokida konsert dasturi taqdim etildi

21:56 06 Iyun 2021 Madaniyat
455 0

Maʼlumki, ayni kunlarda yurtimiz boʻylab Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlab, “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida madaniy-maʼrifiy targʻibot tashviqot tadbirlari tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan «Oʻzbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan bugun, yaʼni 6-iyun kuni soat 19:00da poytaxtimizdagi “Turkiston” sanʼat saroyining yozgi amfiteatrida “Koʻngillarda Vatan madhi” deb nomlangan konsert dasturi taqdim etildi.

Yuksak vatanparvarlik gʻoyalarini tarannum etish, xalqimizga xos oʻzaro ahil-inoqlik va mehr-oqibat tuygʻularini mustahkamlash, insonlarga xushkayfiyat ulashish maqsadida tashkil etilgan mazkur konsert dasturida “Nihol” davlat mukofoti sovrindorlari hamda taniqli estrada xonandalari ishtirok etishdi.

Mazkur konsert dasturi Muassasa tomonidan yosh isteʼdodlarni kashf etish, ularni qoʻllab-quvvatlash va imkoniyat yaratish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlarning uzviy davomi boʻlib, bunda oʻz ijodi bilan faollik koʻrsatayotgan bir qator yosh xonandalar muxlislarga manzur qoʻshiqlarini taqdim etishib, ularga xushkayfiyat ulashishdi.

Oʻyin-kulgu va koʻtarinki kayfiyatga boy boʻlgan mazkur dasturda tomoshabinlar orasidan ham ijodga moyil isteʼdodlar sahnaga taklif etildi. Eʼtiborlisi, ular orasida 3 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolajonlarning ijro etgan sheʼru qoʻshiqlari tomoshabinlarning olqishlariga sazovor boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?