Oʻzbekiston—Qozogʻiston chegarasida maxfiy tunnel aniqlandi

Qozogʻiston janubidan Oʻzbekistonga olib boruvchi neft mahsulotlarini kontrabanda qilish uchun foydalanilgan tunnel topildi. Bu haqida Turkiston viloyati prokuraturasi maʼlum qilgan.
Ikki davlat huquq-tartibot idoralari maxsus operatsiya oʻtkazdi, jarayon davomida transmilliy uyushgan jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olindi.
“Bir guruh shaxslar tomonidan Qozogʻiston—Oʻzbekiston chegarasida 450 metr uzunlikdagi tunnel yotqizilgan. Ushbu tunnel orqali har kuni 5-7 tonna yoqilgʻi-moylash materiallari kontrabanda yoʻli bilan olib chiqilgan. Noqonuniy faoliyat taxminan ikki oy davom etgan.”, deyiladi viloyat prokuraturasi xabarida.
Transmilliy uyushgan jinoiy guruh tarkibida Qozogʻiston va Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring