Oʻzbekistonning yangi elchisi Daniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
Foto: “Dunyo”
Oʻzbekistonning Daniyadagi yangi elchisi Rahmatulla Nurimbetov Daniya Qiroli Frederik X ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo“ axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, tantanali marosimdan soʻng siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va madaniy-gumanitar sohalardagi Oʻzbekiston — Daniya munosabatlarining bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.
Shu bilan birga, muloqot chogʻida togʻ-kon sanoati, “yashil” energetika, sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohalarini rivojlantirish, iqlim barqarorligini oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi muhim yoʻnalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etilgan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Daniya 1992-yil 25-yanvarda diplomatik munosabatlar oʻrnatgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring