Oʻzbekistonning Turkiyadagi konsulxonasi fuqarolarni ogohlantirdi

Foto: Arxiv surat
Turkiyaga sayyohlik va tadbirkorlik maqsadida tashrif buyuruvchi hamda u yerda vaqtincha yashayotgan vatandoshlarimizdan kelib tushayotgan murojaatlar tahlili fuqarolarimiz tomonidan pasport va shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarini yoʻqotish yoki oʻgʻirlatish holatlari koʻpayganini koʻrsatmoqda.
Shu maqsadda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi sizlarni hushyor boʻlishga, hujjatlaringiz va boshqa qimmatbaho buyumlaringizga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga chaqiradi.
Hujjatlar yoʻqolgan taqdirda, oʻgʻrilik yoki yoʻqotish faktini hujjatlashtirish uchun darhol politsiya organlariga va konsullik idorasiga murojaat qiling.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring