Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi oʻzbekistonliklarga murojaat qildi

Rossiya prezidentining farmoniga muvofiq, 5-fevraldan boshlab Rossiya hududida Rossiya IIV tomonidan yuritiladigan “nazorat qilinadigan shaxslar reyestri” faoliyat koʻrsatishni boshladi. Bu haqda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xabar berdi.
Ushbu reyestrga migratsiya qonunchiligi sohasida maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan chet el fuqarolari kiritilgan. Mazkur meʼyoriy hujjatga muvofiq, reyestrga kiritilgan chet el fuqarolari Rossiyadan chiqib ketishlari yoki 2025-yil 1-yanvardan 30-aprelgacha boʻlgan davrda oʻzlarining huquqiy maqomlarini hal qilish uchun oʻzlari istiqomat qilib turgan joydagi Rossiya IIVning hududiy organiga yoki “PVS” (pasportno-vizoviy servis) federal davlat unitar korxonasining filialiga murojaat qilishlari shart.
Shuningdek, Moskva shahrida joylashgan chet elliklar uchun “Saxarovo” koʻp funksiyali migratsiya markaziga murojaat qilishlari talab etiladi.
Rossiya tomoni maʼlumotiga koʻra, “Amnistiya” davrida ushbu farmonga binoan, chet el fuqarolariga nisbatan Rossiya hududidan chiqarib yuborish, maxsus saqlash muassasalarga joylashtirish va keyinchalik Rossiya hududiga kirishni cheklash bilan bogʻliq choralar qoʻllanilmasligi taʼkidlanmoqda.
Nazorat qilinadigan shaxslar reyestriga kiritilgan chet el fuqarolariga quyidagilar taqiqlanadi:
- koʻchmas mulk va transport vositalarini sotib olish va roʻyxatdan oʻtkazish;
- nikoh tuzish;
- yuridik tashkilot yoki firmalarni tashkil etish va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish;
- bank hisob raqamlarini ochish va bank operatsiyalarini bajarish;
transport vositalarini boshqarish.
Rossiya hududida noqonuniy yurgan voyaga yetmagan chet el fuqarolarni taʼlim muassasalari (maktablar va bolalar bogʻchalari)ga qabul qilish ham mumkin boʻlmaydi.
Elchixona Rossiya hududida noqonuniy ravishda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolarini salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida, ularni huquqiy holatini zudlik bilan hal etish choralarini koʻrishga chaqiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring