Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi favqulodda va muxtor elchisi oʻzgardi

Foto: Dunyo AA
Saidikrom Niyozxoʻjayev Oʻzbekistonning Qirgʻiz Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo AA” xabar berdi.
Qayd etish kerakki, Niyozxoʻjayev bungacha Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Diplomat 2018-yildan buyon Oʻzbekistonning qoʻshni diyordagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelgan.
Niyozxoʻjayev 2024-yil avgust oyida amalga oshirilgan ishlari va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi uchun Qozogʻiston prezidentining farmoni bilan II darajali “Dostыq” ordeni bilan ham taqdirlangandi.
Toshkent politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) tamomlagan Saidikrom Niyozxoʻjayev 59 yoshda. 2015-yilda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari etib tayinlanguniga qadar Prezident administratsiyasi va hukumat tuzilmalarida masʼul lavozimlarda, jumladan, davlat maslahatchisi oʻrinbosari, iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari boʻlib ishlagan.
Qayd etish kerakki, Saidikrom Niyozxoʻjayev 2020-2024-yillarda Oʻzbekistonning Bishkekdagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilgan Xurshid Mirzohidov oʻrniga tayinlandi.
Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring